17:11 / 11.04.2022
1578

Sirdaryoda o‘quvchining ota-onasi o‘qituvchi va direktor o‘rinbosarini do‘pposlagani aytilmoqda

Oqibatda 5-maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Yu. hushini yo‘qotgan va Guliston shahar shoshilinch tez-tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan.

Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahridagi maktablardan birida o‘quvchining ota-onasi tomonidan o‘qituvchilar ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan Gulistondagi maktabda sodir bo‘lgan hodisa o‘rganilgan.

O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 8 aprel kuni Guliston shahridagi 5-umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchisi U.A.ning darsga kechikib kelishi natijasida, o‘qituvchi N.G‘. bilan o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Holatdan habar topgan o‘quvchi U.A.ning oila a’zolari maktab binosiga kelib, ma’muriyat bilan janjallashgan.

Oqibatda 5-maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Yu. hushini yo‘qotgan va Guliston shahar shoshilinch tez-tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top