14:37 / 12.04.2022
4812

Filippinda suv toshqinlari oqibatida o‘nlab odamlar qurbon bo‘ldi 

Oxirgi haftada mamlakatning markaziy va janubiy qismlarida 200ga yaqin suv toshqinlari sodir bo‘lgan. 

Foto: Anadolu Agency

Filippinda tropik yomg‘irlar natijasida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. 

Xabar qilinishicha, Baybay shahri yaqinidagi to‘rtta qishloqda sodir bo‘lgan ko‘chkilar natijasida 22 kishi halok bo‘lgan, 20 kishini qidirish ishlari davom etmoqda. 

Davao-de-Ora va Sharqiy Davao provinsiyalarida yuz bergan suv toshqinlari yana olti kishining umriga zomin bo‘lgan. 

Oxirgi haftada mamlakatning markaziy va janubiy qismlarida 200ga yaqin suv toshqinlari sodir bo‘lgan. 

Ma’lumot berilishicha, 30 ming oila xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Top