Mamlakat fuqarolarida qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko‘p ekani haqida ma’lumot berildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan eng ommalashgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha “Nexia” yetakchilik qilmoqda - 687 164 dona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- “Damas” - 478 270 dona;
- “Lacetti” - 334 334 dona;
- “Cobalt” - 331 728 dona;
- “Matiz” - 296 442 dona;
- “Spark” - 281 811 dona.
Bundan oldin O‘zbekistonga eng ko‘p yengil avtomobil Xitoydan olib kelingani xabar berilgandi.
2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 3 436 ta avtomobil.