11:17 / 14.04.2022
1578

Samarqandda Matiz bilan to‘qnashgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Matiz haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtaganda tez kelgan yuk mashinasi uni urib yuborib, o‘zi ag‘darilib ketgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 14 aprel kuni soat 07:40 larda, M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududidan o‘tgan 1070-kilometrida Matiz va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1991 yilda tug‘ilgan haydovchi S.N. tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodaga yo‘l berib to‘xtagan vaqtda, uning ortidan harakatlanib kelgan 2002 yilda tug‘ilgan R.Yu. o‘z boshqaruvidagi yuk mashinasini to‘xtatishga ulgurmasdan Matiz’ning orqa tomoniga kelib urgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Matiz esa yo‘lning o‘ng tomoniga pastlikka tushib ketgan. Mazkur YTHda hech kim tan jarohati olmagan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jomboy tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda tez harakatlanib yuk mashinasi ostiga kirib ketgan Lacetti haydovchisi vafot etgan, uning ikki yo‘lovchisi turli darajada tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgandi.

Mavzuga oid
Top