07:55 / 16.04.2022
31661

Toshkentda qurollangan 18 yoshli yigit niqobda do‘konga bostirib kirdi 

Joriy yil 11 aprel kuni soat 03:30 larda noma’lum shaxs yuziga qora rangli niqob taqib, Toshkent shahrining Bektemir tumani, Bektemir shohko‘chasida joylashgan “5+ market” do‘koniga xaridor sifatida kirgan.

Foto: Tergov departamenti

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u 25 yoshli sotuvchi N.D. uxlab yotganidan foydalanib, kassa ostida bo‘lgan javondan pullarni olayotgan vaqtida sotuvchi qiz uyg‘onib qolgan.

Ushbu shaxs qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan qizga namoyishkorona tahdid qilib, javonda bo‘lgan savdodan tushgan pullarni olib berishini talab qilib, o‘ldirish bilan qo‘rqitgan va o‘ng oyoq son qismiga qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘ini tirab, javonda bo‘lgan 4 000 000 miqdordagi pullarni bosqinchilik yo‘li bilan egallab, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi, muqaddam o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan 18 yoshli A.A. sodir etgani aniqlanib, undan bir dona qora rangli niqob ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Foto: Tergov departamenti

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Top