12:54 / 17.04.2022
45580

Xarkovga hujumlar va yong‘inlar davom etmoqda, Mariupol manzaralari dahshatli tus olmoqda. Urush suratlari

Urushning 52-kunida Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni cho‘kib ketgan «Moskva» kreyserining qutqarilgan ekipaji a’zolari bilan uchrashdi — unda yuzga yaqin dengizchilar qatnashganini ko‘rish mumkin, holbuki kemada bir necha yuz kishi bo‘lgan. Hozircha kema michmani halok bo‘lgani tasdiqlangan. Rossiya mudofaa vazirligi Mariupolni ukrainalik harbiylardan «tozalash» ishlari ketayotganini ma’lum qilgan — vazirlik versiyasiga ko‘ra, shaharda Ukraina armiyasining 2500 nafardan ortiq harbiysi qolmoqda, ular «Azovstal» zavodida qamalib qolgan. Rossiya tomoni ularga taslim bo‘lishni taklif etgan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ularning o‘ldirilishi har qanday muzokaralarga nuqta qo‘yishini ma’lum qildi. Bu vaqtda Ukrainada zarbalar oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lishi davom etmoqda.

Rossiya bosqini vaqtida bombapanagoh vazifasini o‘tayotgan Xarkov metrosida ovqat tarqatilmoqda.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi vaziyat. 16 apreldagi asosiy ma’lumotlar

  • Rossiya mudofaa vazirligi «Moskva» kreyseri ekipaji a’zolarining Sevastopolda harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Nikolay Yevmenov bilan uchrashuvi aks etgan kadrlarni tarqatdi. Rossiya hukumati hamon cho‘kib ketgan korablda qancha odam bo‘lgani va ularning qanchasi qutqarilib, qanchasi halok bo‘lgani haqida xabar bermagan. E’lon qilingan videoda safda 100 nafar atrofidagi dengizchi turganini ko‘rish mumkin, avvalroq turli manbalar kreyser ekipaji 500-700 kishi bo‘lganini xabar qilgandi.
  • Mariupolda janglar davom etmoqda. Juma kuni rossiyalik harbiylar Ilich nomidagi metallurgiya kombinati egallanganini xabar qilgan, Reuters agentligi jurnalistlari korxona atrofida mahalliy aholi vakillarining jasadlariga guvoh bo‘lgan. Shanba kuni RF mudofaa vazirligi port rayoni ham qo‘lga olinganini ma’lum qildi, ammo Ukraina buni tasdiqlamagan. «Azovstal» zavodi majmuasi ukrain harbiylari nazoratida qolmoqda. Yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya hududdagi ukrain harbiylariga taslim bo‘lishni taklif etgan va bu holda ularning hayoti saqlab qolinishini va’da qilgan.
  • Shanba kuni RF armiyasi Ukraina hududiga, jumladan Kiyev, Lvov va Xarkovga zarbalar yo‘llashda davom  etdi. Poytaxtda bir kishi halok bo‘lgan, Rossiya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, tank zavodi korpusi vayron qilingan. Xarkovda zarbalar oqibatida besh qavatli ma’muriy bino vayron qilingan, 2 kishi halok bo‘lib, 18 kishi yaralangan. Lvovda, mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi samolyotlardan yo‘llangan to‘rtta qanotli raketani urib tushirgan.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urush boshidan buyon ukrainalik harbiylardan 2,5-3 ming nafari halok bo‘lganini tasdiqladi. Bungacha Ukraina armiyasidagi yo‘qotishlar to‘g‘risida bir oy oldin xabar berilgan, o‘shanda 1,3 mingdan ortiq qurbon haqida ma’lum qilingandi.
  • Rossiya Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va uning hukumatining bir necha a’zosiga mamlakatga kirishni taqiqladi. Rossiya TIV bayonotida aytilishicha, bu chora Britaniya tomonidan Rossiyaga qarshi dushmanona harakatlarga (sanksiyalar va Ukrainaga harbiy yordamlar) javoban qo‘llangan.
Kiyev oblasti Veshnyovoye shahriga berilgan tungi zarbalardan keyin «Vizar» kompaniyasining harbiy-sanoat kompleksini tozalayotgan ayollar.
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Xarkovlik ayol kuchugini aylantirmoqda. Uning uyi oldidagi gazonda snaryad parchasi.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati sapyorlari Xarkovda rossiyaliklar hujumidan keyin ko‘chani «Grad» raketasining metall bo‘laklaridan tozalamoqda
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina tanki Xarkovning Gusarkova qishlog‘ida «Z» belgisi qoldirib ketilgan va yo‘q qilingan Rossiya texnikasi oldidan o‘tmoqda
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya tarafdori bo‘lgan harbiylar Mariupolga olib boradigan yo‘lda
Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy portlashdan keyin rus tankidan uloqib ketgan qismini ko‘zdan kechirmoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Mariupoldagi turar joy darvozasi. Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Urush vaqtida vayron bo‘lgan ko‘prik yonidagi vaqtinchalik yangi ko‘prik, Kiyev oblasti, Rusanov qishlog‘i.
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov metrosida jon saqlayotgan bolalarga qo‘g‘irchoq teatri namoyish etilmoqda.
Chris McGrath / Getty Images
O‘t o‘chiruvchilar Xarkov rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Favqulodda xizmat xodimlari Xarkov o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan ayolga yordam ko‘rsatmoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar Xarkovda rossiyalik harbiylar zarbalaridan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar Xarkovga hujum oqibatlariga qarshi kurashmoqda. AP Photo/Felipe Dana
Lugansk oblasti Lisichansk shahridagi neftni qayta ishlovchi zavodda rossiyaliklar raketalari kelib tushgach yong‘in chiqdi.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Lugansk oblastidagi Severodonetsk shahrida Rossiya harbiylari o‘qqa tutishi oqibatida shikastlangan turar joy binosi.
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupoldagi Kalmiussk rayoni o‘qqa tutilishi oqibatlari.
Anatoliy Jdanov / Kommersantx
Xarkovga navbatdagi hujumlardan keyin yaralangan tinch aholi vakillari shifoxonaga olib ketilmoqda
(AP Photo/Felipe Dana
Mariupoldagi Ilich metallurgiya zavodi atrofida yotgan tinch aholi vakillari jasadlari. Ukrainadagi eng yirik ikkinchi metallurgiya zavodi shu kunlarda Rossiya tomonidan qo‘llanuvchi ayirmachi kuchlar qo‘liga o‘tgan
AP Photo/Alexei Alexandrov
Mariupoldagi Ilich metallurgiya zavodi uchun shiddatli janglardan keyin hududda ko‘plab tinch aholi vakillari jasadlari topildi
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Mariupoldagi Ilich metallurgiya zavodi joylashgan hududda turgan keksa ayol, zavod shu kunlarda ayirmachilar nazoratiga o‘tgan. Ukrainaning Azov dengizi bo‘yidagi Mariupol shahri mart oyi boshidan buyon rossiyalik harbiylar qamalida qolmoqda
AP Photo/Alexei Alexandrov
70 yoshli Nadiya Trubchaninova o‘zining 48 yoshli o‘g‘li, 30 mart kuni Buchada rus askarlari tomonidan o‘ldirilgan Vadimning qabri ustida yig‘lamoqda. Nadya o‘g‘lining jasadini u o‘ldirilganidan to‘qqiz kun o‘tibgina topdi va dafn marosimi o‘tkazdi
AP Photo/Rodrigo Abd
Ona va qiz ularni Donetsk oblastidagi Slavyansk shahridan Ukraina g‘arbidagi Rovno shahriga olib ketishi kerak bo‘lgan avtobusni kutishmoqda.
Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top