16:52 / 18.04.2022
9882

Ukraina Yevroittifoqqa kirish bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldirdi 

Kiyev Yevropa kengashining iyunda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Ukrainaga YeI a’zoligiga nomzod mamlakat maqomini berishini kutmoqda.  

Foto: imago

Ukraina hukumati mamlakatning Yevroittifoqqa kirishi bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining o‘rinbosari Igor Jovkva ma’lum qildi.  

"Prezident 9 aprel kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga va’da berganidek, Ukraina tomoni bir hafta ichida so‘rovnomani to‘ldirdi", - dedi u. 

Jovkvaning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa komissiyasi Kiyevdan ushbu hujjatni qabul qilib olganidan so‘ng Ukrainaning YeIga kirishi bo‘yicha kriteriyalarga oid tavsiyalarni tayyorlaydi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Yevropa kengashining iyunda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Ukrainaga YeI a’zoligiga nomzod mamlakat maqomini berishini kutmoqda.  

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 28 fevral kuni Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun ariza imzolagandi. 

Top