14:33 / 19.04.2022
8080

Kobuldagi portlashlar oqibatida 20dan ortiq inson halok bo‘ldi - OAV

Portlashlar ta’lim muassasalari yaqinida sodir etilgan.

Foto: AA

Kobulda yuz bergan bir nechta portlashlar natijasida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Aamaj News agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning g‘arbiy qismida joylashgan Abdul Rahim nomidagi maktab yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgan.

Kobul xavfsizlik boshqarmasi vakili Xolid Zadranning xabar berishicha, "ayni vaqtda olti kishi halok bo‘lgani va 11 kishi jarohatlangani ma’lum".

Yana bir maktab yonida qo‘l granatasi portlatilishi oqibatida kamida besh kishi jarohatlangani aytilmoqda. 

Kabul News telekanalining guvohlarga tayanib xabar berishicha, Kobuldagi portlashlar natijasida 20 nafardan ortiq inson halok bo‘lgan. 

Top