13:43 / 20.04.2022
11550

Andijonda YTHda ikki yo‘lovchi vafot etdi. Qurbonlardan biri haydovchining otasi bo‘lgan

YTHda vafot etgan yo‘lovchilar haydovchining otasi va do‘sti bo‘lgan. Bu haqda Andijon viloyati YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Foto: YHXB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 2022 yilning 16 aprel kuni 19 yoshli haydovchi Nexia-2 avtomashinasini Toshkentdan Andijonga boshqarib kelayotgan vaqtda, charchoq tufayli rulda uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketadi. Natijada u ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida haydovchining otasi va do‘sti og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchining o‘zi turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Andijonda Spark ag‘darilib ketishi oqibatida 1 yoshli bola vafot etgani xabar qilingan edi.

Top