22:29 / 20.04.2022
18113

Xitoy Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi 

Van Venbin Xitoy Falastin muammosining «rad etilishi va unutilishi»ga qarshi chiqishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «yarim asrlik adolatsizlikka chek qo‘yish zarur». 

Foto: Jaafar Ashtiyeh/AFP

Xitoy Quddusning tarixiy maqomini o‘zgartirishga qaratilgan barcha bir tomonlama tashabbuslarga qarshi chiqadi, dedi XXR tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin. 

«Biz Quddusning tarixiy maqomini o‘zgartirishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi chiqamiz», - dedi u.

U Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan Quddusdagi Al-Aqso masjidiga nisbatan amalga oshirilayotgan provokatsiyalardan xavotirda ekanligini bildirdi. 

Venbin tomonlarni o‘zini tutishga chaqirdi hamda Xitoy Falastin muammosining «rad etilishi va unutilishi»ga qarshi chiqishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «yarim asrlik adolatsizlikka chek qo‘yish zarur».

Diplomat xalqaro hamjamiyat va birinchi navbatda, yirik davlatlar «boshi berk ko‘chaga kirib qolgan Falastin muammosiga tik boqishi» va tezroq tomonlar o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlanishiga yordam berishi kerakligini ta’kidladi.  

«Xitoy Falastin muammosi hal bo‘lmaguniga qadar Falastin xalqining haq ishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», - dedi Venbin.

Top