14:25 / 21.04.2022
34686

«Bu bizga ham ta’sir qilmay qolmaydi» - Shavkat Mirziyoyev dunyo bozoridagi vaziyat haqida

Ko‘kdala tumani faollari bilan uchrashuv chog‘ida prezident dunyo bozoridagi tahlikali vaziyat va uning O‘zbekistonga ta’siriga to‘xtaldi.

«Bugungi kunda dunyodagi vaziyat juda jiddiy, buni bilgan biladi. Neft mahsulotlari 50 foizgacha, ayrim oziq-ovqat turlari, masalan, o‘simlik yog‘lari 70 foizgacha oshib ketdi.

Bu albatta bizga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Mana bir misol — shakar zavodlarimiz ishlashi uchun xomashyoni Braziliyadan keltirar edik. Afsuski, hozirgi ayrim siyosiy vaziyatlar tufayli yo‘llar yopilib qolib, ishlar to‘xtadi. Shuning uchun narx oshishi va inflatsiyaning xalqimiz hayotiga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida, biz yanada ko‘proq harakat qilishimiz, tinmay ishlashimiz kerak. Toki bir kun vaqtimiz bor ekan, bitta daraxt ekishga, bitta hosil olib xalqimizga yetkazishga harakat qilishimiz kerak. 

Yo‘llar yopilganiga qaramay, Afg‘oniston, Pokiston yo‘nalishidagi ishlarimizni davom ettiramiz. Bosh maqsadimiz xalqimiz taraqqiyoti», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid
Top