17:57 / 21.04.2022
22911

Fotojamlanma: Ramazon oyidagi islom dunyosi

Ayni paytda butun dunyoda Ramazon oyi davom etmoqda. Reuters agentligi dunyoning turli nuqtalarida ushbu muborak oy manzaralari aks etgan fotojamlanma e’lon qildi.

Londondagi Royal Albert konsert zalidagi ochiq iftorlikda qatnashayotgan muslima ayol. Buyuk Britaniya. / Foto: Reuters
Iftorlik payti. Kun bo‘yi ro‘zador bo‘lgan odamlar quyosh botgach uylaridan tashqariga qarab o‘tirishibdi. Qohira. Misr. / Foto: Reuters
 Musulmonlar juma namozida. Dehli, Feroz shoh Kotla masjidi xarobasi. Hindiston. / Foto: Reuters
Kambag‘al oilalar uchun iftorlikka ovqat pishirilyapti. Bag‘dodning Abdulqodir al-Gayloniy masjidi. Iroq. / Foto: Reuters
Islom maktab-internatining ko‘zi ojiz o‘quvchisi Brayl yozuvidagi Qur’oni Karimni tilovat qilmoqda. Janubiy Tangerang shahri. Indoneziya. / Foto: Reuters
Musulmonlar iftorlik uchun oziq-ovqat xarid qilishyapti. Mumbay. Hindiston. / Foto: Reuters
 Islom maktab-internati o‘quvchisi Qur’on tilovat qilyapti. Kuala-Lampur. Malayziya. / Foto: Reuters
 Qayiqchi iftorlikdan so‘ng namoz o‘qiyapti. Dakka. Bangladesh. / Foto: Reuters
 Iftorlik vaqti kutilyapti. Dakar. Senegal. / Foto: Reuters
 Ayol Qubbat ul-Islom ziyoratgohi oldida qizalog‘ini o‘ynatmoqda. Quddus. / Foto: Reuters
Shayx Zayd masjidining umumiy ko‘rinishi. Abu Dabi. Dubay. / Foto: Reuters
Volontyorlar saharlik uchun tarqatiladigan oziq-ovqatlarni tayyorlashmoqda. Sudan. / Foto: Reuters
Iftorlik. Bag‘dod. Iroq. / Foto: Reuters
Iftorlik. Dehlining Juma masjidi. Hindiston. / Foto: Reuters
Tarovih namozidagi ayollar. Jakarta. Indoneziya. / Foto: Reuters 
 Muslima ayol. Jakarta. Indoneziya. / Foto: Reuters
Bosh kiyim sotib olayotgan odam. Peshovar. Pokiston. / Foto: Reuters
 Bosniyalik musulmonlar iftorlikni tog‘da qilish uchun yuqoriga chiqishmoqda. Bosniya va Hersegovina. / Foto: Reuters
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Ramazon oyi munosabati bilan Kembrij masjidida musulmonlar bilan uchrashdi. Kanada. / Foto: Instagram / Justin Trudeau
Mavzuga oid
Top