15:16 / 21.04.2022
39803

Xarkovda janglar, Kiyevda dafnlar davom etmoqda, odamlar Gostomelga qaytmoqda. Urush suratlari

Urushning 56-kuni o‘tdi. Mariupolda rossiyaparast kuchlar «Azovstal»ni qamal qilmoqda. Kiyevs oblastining ozod qilingan shahar va qishloqlarida elektr ta’minoti tiklanmoqda. Xarkov oblastida janglar ketmoqda.

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel Borodyankaga tashrifi buyurdi va keyin Kiyevda prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi 
Dario Pignatelli/European Council via AP

Urushning 56-kunidagi asosiy voqealar

  • Chorshanba kuni Ukraina hukumatining Mariupoldan 6 ming tinch aholi vakilini evakuatsiya qilish bo‘yicha rejasi amalga oshmadi, Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchukning ma’lum qilishicha, faqat bir necha o‘nlab kishilar mustaqil ravishda shaharni tark etib, Zaporojye tomonga o‘tgan. Rossiya hukumati gumanitar amaliyot barbod bo‘lishida Ukraina tomonini ayblagan;
  • Yetakchi davlatlar, jumladan AQSh va Yevroittifoq davlatlari moliya vazirlari Vashingtonda «Katta yigirmatalik» yig‘ilishi chog‘ida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov chiqish qilayotganida zalni tark etib, Rossiyaning Ukrainadagi «harbiy amaliyoti»ga norozilik ifoda etishdi;
  • Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida uning mamlakati agar sanksiyalarga qo‘shilsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘la olmasligini aytdi. U Turkiyada Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha taklif hamon o‘z kuchida ekanini ta’kidladi;
  • Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Kiyevga kutilmagan tashrif bilan kelib, tvitter sahifasida «Erkin va demokratik Yevropa yuragida bo‘lgani» haqida yozdi. Zelenskiy Yevrokengash rahbariga «foydali uchrashuv» uchun minnatdorchilik bildirgan va bu tashrif davomida Rossiya bilan munosabatlardagi yangi sanksiyalar, Ukrainani harbiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etilganini aytgan.
  • Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda «Rossiya - imkoniyatlar mamlakati» tashkilotining kuzatuv kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi, u yig‘ilish davomida Rossiya tez orada Donbassda o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishini ta’kidladi, shuningdek yana bir bor Rossiyaning «harbiy amaliyot»dan maqsadi Ukraina sharqidagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «respublikalar»ga yordam berish ekanini aytdi.

Quyida 20 aprel kuni Ukrainada olingan asosiy suratlar.

Kiyev oblasti

63 yoshli Vladimir Lukyanovich olov yoqish uchun o‘tin yormoqda. Irpen aholisi hamon elektr, suv va gazsiz yashamoqda.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Vladimirning uyi snaryadlardan vayron bo‘lgan. Endi u boshqa irpenliklar kabi ko‘chada ovqat pishirmoqda.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Gostomellik Vera va uning turmush o‘rtog‘i Sergey Rossiya armiyasi chekinganidan keyin o‘z kvartirasiga qaytib keldi.
Alexey Furman / Getty Images
Ukrain askarlari Irpendagi vayron bo‘lgan ko‘prik bo‘ylab o‘tmoqda
AP Photo/Emilio Morenatti
Buchada Rossiya ishg‘oli vaqtida halok bo‘lgan to‘rt kishining jasadi dafn qilinmoqda
AP Photo/Emilio Morenatti
Kiyevdagi mustaqillik maydonida rossiyaliklar bilan janglarda halok bo‘lgan ukrain harbiy xizmatchisiga hurmat bajo keltirilmoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky

Nikolayev 

Ishchilar snaryadlardan shikastlangan elektr simi ustunini tiklamoqda. Nikolayev oblasti aprel oyi boshidan to‘liq Ukraina nazoratida.
Vincenzo Circosta / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Svetlana va Andrey Nikolayevdagi kafeda to‘ylarini nishonlamoqda. Juftlik o‘zlari tug‘ilgan Kiyevda to‘y qilmoqchi edi, ammo urush rejalarni o‘zgartirdi
Anastasia Vlasova / Getty Images

Xarkov 

Ukrain harbiy xizmatchisi pozitsiyadan turib atrofni kuzatmoqda. Xarkov oblastida janglar davom etmoqda.
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari «Grad» reaktiv tizimidan o‘t ochmoqda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy yuk mashinasini boshqarib ketmoqda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Sharqdagi hududlardan biri Dneprda restoran o‘rnidagi boshpanada o‘rnatilgan ikki qavatli karavotda o‘tirgan ayol o‘g‘lining kurtkasini to‘g‘rilamoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshidan buyon Ukrainani 5 million kishi tark etgan, yana millionlab kishilar vaqtincha mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chgan. Foto: AP /Leo Correa

 

Zaporojyedagi gospitalda yaralangan askarlardan birining tanasidan chiqarib olingan o‘q
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
Yarador askar tanasidan chiqarib olingan snaryad parchasi
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

 

 

 

Rossiya qo‘shinlari chiqib ketgan Ivanovka qishlog‘idagi garaj vayronalari.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
17 yoshli mahalliy fuqaro Vladislav bosqin paytida o‘zi 28 kun boshpana qilgan maktab yerto‘lasini ko‘rsatmoqda.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top