16:05 / 22.04.2022
8471

Polsha Rossiya bilan neft yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarni bekor qilmoqchi

Ma’lumot berilishicha, hozirda Gdansk va Plotskdagi neftni qayta ishlash zavodlari yiliga 26-27 million tonna neftni qayta ishlaydi. Uning qariyb 60 foizi Rossiyadan keltiriladi.

Foto: DPA

Polsha Rossiya bilan neft yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarni bekor qilishni ko‘zlamoqda. Bu haqda mamlakat hukumatining strategik energetika infratuzilmalari masalalari bo‘yicha vakili Petr Naimskiy aytdi

Avvalroq Polsha hukumati mamlakat yil oxirigacha Rossiya energiyalaridan butunlay voz kechishini ma’lum qilgandi.

"Neft bo‘yicha shartnomalarni bekor qilish niyatimiz bor. Bu mutlaqo aniq", - dedi Naimskiy.

Uning ma’lumot berishicha, hozirda Gdansk va Plotskdagi neftni qayta ishlash zavodlari yiliga 26-27 million tonna neftni qayta ishlaydi. Uning qariyb 60 foizi Rossiyadan keltiriladi.

Shu bilan birga, Naimskiy Rossiya neftidan voz kechgan zavodlar zarar ko‘rishini qo‘shimcha qildi. 

"Bu albatta qimmatga tushadi, chunki ko‘plab xaridorlar neft manbasini izlayotgan vaziyatda shartnomalarning o‘zgarishi narx vaqtincha bo‘lsa-da ko‘tarilishiga olib keladi", - dedi u. 

Mavzuga oid
Top