23:29 / 23.04.2022
22548

«Bavariya» «Der Klassiker»da g‘alaba qozonib, qatorasiga 10-bor Bundesliga chempioniga aylandi

Germaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda - «Der Klassiker»da peshqadam «Bavariya» 2-o‘rindagi «Borussiya» Dortmundni (63) qabul qilib, Gnabri, Levandovski va Musialaning golllari evaziga g‘alaba qozondi. Yagona javob to‘pini Jan penaltidan kiritdi. 

Foto: Getty Images

Natijada Myunxen klubi ochkolarini 75taga yetkazib, turnir yakuniga uch tur qolganida navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘z tarixida 32-bor,  qatorasiga 10-marta Bundesliga g‘olibiga aylandi.

Bundesliga. 31-tur
Bavariya — Borussiya D 3:1

23 aprel, «Alyans Arena»
Gollar: Gnabri (15), Levandovski (34), Musiala (83)  — Jan (52, penalti).
Bavariya – Noyyer, Pavar, Ernandes, Upamekano, Devis, Goretska, Gnabri (Musiala, 63), Kimmix (Zyule, 90+3), Myuller (Zabitser, 82), Levandovski (Shupo-Moting, 90+3), Koman (Sane, 82). 
Borussiya D – Hits, Akanji, Zagadu, Gerreyru, Jan, Brandt, Reyner (Bayno-Gittens, 67), Bellingem, Volf (Passlak, 88), Roys, Holand (Mukoko, 88).
Ogohlantirish: Jan (40).

Top