08:13 / 24.04.2022
8894

Sirdaryodan Forishga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Jizzax viloyatining bir nechta tumanlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli sel oqimlari yuzaga keldi va oqibatda ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obektlari, ekin maydonlari zararlandi.

Sirdaryo viloyati aholisi nomidan yuzaga kelgan ko‘ngilsiz holatidan jabr ko‘rgan Forish xalqiga ko‘mak berish maqsadida turli oziq-ovqat mahsulotlari, ko‘rpa-to‘shak jamlanmasidan iborat insonparvarlik yordami ortilgan yuk mashinalari karvoni yo‘lga chiqdi.

Ushbu xayrli ishga viloyatning ko‘plab faollari, deputatlar, tadbirkor-u ishbilarmonlar o‘zlarining beg‘araz hissalarini qo‘shdi.

«Xalqimiz azal-azaldan bunday og‘ir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Bunga ‘Sardoba’ suv omborida yuzaga kelgan ko‘ngilsiz sharoitda ham guvoh bo‘lganmiz. O‘shanda bu insoniylik qadriyatlarimiz yanada keng quloch yoyib, barcha yo‘llar yurtdoshlarimizni, birinchilardan bo‘lib olijanob jizzaxliklarni ham Sirdaryo tomon eltgandi», — deyiladi Sirdaryo viloyati hokimligi xabarida.

Mavzuga oid
Top