21:09 / 25.04.2022
17397

Dnestrbo‘yidagi davlat xavfsizlik vazirligi binosida qator portlashlar sodir bo‘ldi

Binoning old qismiga zarar yetgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, unga granatomyotdan o‘q uzilgan. 

Foto: mvdpmr.org

Tan olinmagan Dnestrbo‘yi Moldova respublikasi davlat xavfsizlik vazirligi binosida kamida uchta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «Komsomolskaya pravda» nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, binoning old qismiga zarar yetgan. Respublika maxsus xizmatlari bino yaqinidan noma’lum jism topgan.

«Binoga granatomyotdan o‘q uzilgan degan taxmin mavjud», — deb yozgan gazeta muxbirlari.

Rasmiy Tiraspol hozircha bu borada izoh bermagan. Qurbonlar va jarohatlanganlar borasida ham ma’lumot yo‘q.

Top