12:00 / 26.04.2022
11883

«Biz mamlakat istiqbolini Markaziy Osiyodagi eng yirik IT-hab sifatida ko‘ryapmiz» – MegaFon bosh direktori Xachatur Pombuxchan

Foto: MegaFon

MegaFon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston IT-mutaxassislarini rivojlantirish va ish bilan ta’minlash dasturini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu «INNOSANOAT. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumda ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik dasturlash va ishlab chiqish sohasidagi talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha turli darajadagi mutaxassislarni o‘qitish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan. O‘qishdan so‘ng ishtirokchilarga malakasidan kelib chiqib, amaliyot o‘tash dasturi yoki birdaniga MegaFon jamoasida haqiqiy loyihalar ustida ish boshlash imkoniyati taqdim etiladi.

«MegaFon eng murakkab IT-loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli tajribaga ega. O‘tgan yili biz O‘zbekiston bozoriga kirdik va hamkorlar bilan birgalikda uyali aloqa bozori yetakchilaridan biri UCell’ni o‘z ichiga olgan mamlakatdagi eng yirik raqamli holding – Digital Holding’ni rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqdamiz, – dedi MegaFon bosh direktori Xachatur Pombuxchan. – Biz mamlakat istiqbolini Markaziy Osiyodagi eng yirik IT-hab sifatida ko‘ryapmiz va oliy toifadagi ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlashda tajribamiz bilan bo‘lishish hamda o‘z resurslarimizni ishga solishga tayyormiz».

HeadHunter O‘zbekiston tomonidan tayyorlangan 2021 yil uchun mehnat bozori kuzatuvlari natijasiga ko‘ra, bugun IT mamlakat ish beruvchilari orasida eng talab yuqori bo‘lgan kasb sohalari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. IT sohasi ishchilarining daromadlari darajasi va 2020 yilga nisbatan o‘sish sur’atlari bo‘yicha an’anaga muvofiq reytingning yuqori qatoridan joy olgan.

«Bugun O‘zbekiston yoshlarni IT-mutaxassisliklarga o‘qitish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shunday qilib, agar 2000 yillar boshlarida mamlakatda atigi bir necha yuz IT-mutaxassislar bo‘lgan bo‘lsa, bugun ular soni 50 ming nafardan oshgan. 2030 yilga qadar IT-mutaxassislar sonini million kishiga yetkazish vazifasi belgilangan, – deydi Oleg Pekos, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari. – Biz MegaFon bilan hamkorlik AKT sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalarini olg‘a siljitishga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz».

Digital Holding — Rossiyaning «USM Telecom» hamda O‘zbekiston hukumatining qo‘shma korxonasi. QK tarkibiga Ucell telekom-operatori, New Solutions (ilgari – ICS Holding Uzbekistan) va CRPT Turon ham kiradi. QK faoliyati O‘zbekiston Respublikasida xalqaro standartlarga muvofiq raqamli infrastrukturani shakllantirish hisobiga telekommunikatsiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va sifatini oshirishga, shuningdek, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, raqamli markirovka va alohida tovar turlari harakatini nazorat qilish sohalarida ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

MegaFon – butunrossiya raqamli imkoniyatlar operatori va Rossiyadagi eng yuqori mobil internet tezligi uchun Ookla xalqaro kompaniyasi mukofotining besh karra sohibi. Kompaniya AT va telekommunikatsiyalari yo‘nalishlarini birlashtiradi, mobil va o‘rnatilgan aloqa, mobil va keng polosali internet, raqamli televideniye va OTT videokontent xizmatlari, innovatsion raqamli mahsulot va xizmatlarni taqdim etadi. Rossiyada kompaniya xizmatlaridan 74,4 mln mijoz foydalanadi.

Ucell – o‘zbek telekommunikatsiya kompaniyasi bozorda yetakchilardan biri. Mobil aloqa va keng polosali internetga ulanish xizmatlarini taqdim etadi. Ucell – O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 5G standartini qo‘llagan. Kompaniya xizmatlaridan 7,4 mln abonent foydalanadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top