13:34 / 26.04.2022
15514

Moldova prezidenti Dnestrbo‘yidagi vaziyat sababli xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi 

Oxirgi ikki kun ichida Dnestrbo‘yida turli obektlarda qator portlashlar sodir bo‘ldi. 

Foto: Olivier Douliery / Pool Photo / AP

Moldova prezidenti Mayya Sandu tan olinmagan Dnestrbo‘yidagi vaziyat sababli oliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi.

"Bugun Sandu Dnestrbo‘yi hududidagi voqealar munosabati bilan oliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqiradi", - deyiladi Moldova prezidenti matbuot xizmati xabarida.

26 aprel kuni Dnestrbo‘yidagi Grigoriopolskiy rayoni Mayak aholi punktida joylashgan mahalliy radiomarkaz antennalari noma’lum shaxslar tomonidan portlatib yuborildi. 

Bir kun avval Dnestrbo‘yi davlat xavfsizlik vazirligi binosida qator portlashlar sodir bo‘lgandi

Mavzuga oid
Top