11:00 / 26.04.2022
5549

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev “TMK” kompaniyasi Bosh direktori Igor Koritko bilan uchrashdi

Foto: O‘zbekneftgaz

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “INNOPROM-2022. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “TMK” kompaniyasi Bosh direktori Koritko Igor Valerevich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ta’kidlash joiz, “TMK” kompaniyasi 2001 yilda tashkil etilgan bo‘lib, quvur mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalaridan sanaladi. 2019 yilda kompaniya tomonidan quvurlarni ishlab chiqarishning umumiy hajmi 3,83 million tonnani tashkil etib, eng yaxshi natija sifatida qayd etilgan.

Uchrashuvda tomonlar “O‘zbekneftgaz” AJning izlov-qidiruv va ekspluatatsion quduqlari uchun zarur bo‘lgan kerakli quvurlarni yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan amaldagi shartnomalar ijrosining joriy holati, shuningdek, hamkorlikni jadallashtirish va yangi yo‘nalishlarni izlash imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Ikki kompaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishish imkonini yaratishda strategik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, ikki kompaniya rahbari kelajakdagi o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha ham kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kompaniya tomonidan dunyo bozoridan farqli o‘laroq, arzon narxlarda har xil turdagi neft va gaz sanoati quvurlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga ham erishilgan edi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, yangi neft va gaz quduqlarini burg‘ilash ishlari import asosida olib kelinadigan quvur mahsulotlariga uzviy bog‘liq. Bu borada “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan import quvur mahsulotlari ta’minoti bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top