14:41 / 29.04.2022
11343

Al Aqso masjidi yaqinida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 40dan ortiq inson jarohatlandi 

Isroil politsiyasining ta’kidlashicha, falastinliklar ularga toshlar uloqtirgan, politsiyachilar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar bilan javob qaytargan.

Foto: AP

Sharqiy Quddusdagi Al Aqso masjidi yaqinida falastinliklar va Isroil kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Yevronyus.

Xabarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 40dan ortiq inson jarohatlangan.

Jabrlanganlarning yarmi shifoxonaga yotqizilgan.

Isroil politsiyasining bildirishicha, falastinliklar ularga toshlar uloqtirgan, politsiyachilar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar bilan javob qaytargan.

Oxirgi ikki haftadan buyon Al Aqso masjidi atrofida to‘qnashuvlar kuzatilmoqda.

Mavzuga oid
Top