21:09 / 29.04.2022
12739

AQShda Britaniya Virgin orollari bosh vaziri kokain kontrabandasida ayblanib qo‘lga olindi 

Endryu Faxi Kolumbiyadan Mayami va Nyu-Yorkka kokain olib o‘tishda yordam bergani uchun 700 ming dollar naqd pul olishi kerak bo‘lgan. 

Foto: Government of the Virgin Islands

Britaniya Virgin orollari bosh vaziri Endryu Faxi va Karib hududi portlari direktori Oleanvin Meynard AQShdagi Mayami aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ular aeroportda meksikalik narkosavdogarlar bilan uchrashishi kerak bo‘lgan. Aeroportda bosh vazir va direktorni giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish boshqarmasi agentlari qarshi olgan. 

Endryu Faxi Kolumbiyadan Mayami va Nyu-Yorkka kokain olib o‘tishda yordam bergani uchun 700 ming dollar pul olishi kerak bo‘lgan. Faxi va Meynard giyohvand moddalar kontrabandasi va pul yuvishda ayblanmoqda. 

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass mazkur voqeadan dahshatga tushganini aytdi. 

Trass Britaniya Virgin orollari gubernatori bilan muloqot qilgani, gubernator zudlik bilan vazirlar mahkamasi yig‘ilishini chaqirishga va’da berganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid
Top