16:45 / 29.04.2022
6517

Shri-Lanka prezidenti akasini bosh vazirlikdan bo‘shatishga rozi bo‘ldi

Gotabaya Rajapaksa vaqtinchalik hukumatning Maxind Rajapaksani bosh vazirlikdan bo‘shatish taklifini qabul qilgan.

Maxind Rajapaksa va Gotabaya Rajapaksa / Foto: AP

Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa mamlakatdagi siyosiy inqirozni bartaraf etish maqsadida akasi Maxind Rajapaksani bosh vazir lavozimidan ozod qilishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda Shri-Lanka sobiq prezidenti, deputat Maytripala Sirisena xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rajapaksa vaqtinchalik hukumatning Maxindni bosh vazirlikdan bo‘shatish taklifini qabul qilgan.

«Prezident shuningdek, yangi bosh vazir nomzodi va hukumat tarkibini aniqlash uchun milliy kengash tuzishga rozi bo‘ldi», - dedi Sirisena.

So‘nggi yillarda Shri-Lanka kuchli iqtisodiy inqirozga duch keldi, bu esa mamlakatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni kuchaytirdi.

Top