08:31 / 30.04.2022
4670

O‘zbekistonga uch oyda import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘ldi

Oziq-ovqat importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar qiymati ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: iStock

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-mart oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati quyidagicha:

  • bug‘doy – 201,6 mln AQSh dollariga;
  • shakarqamish – 91,9 mln AQSh dollariga;
  • margarin mahsulotlari – 84,5 mln AQSh dollariga;
  • qoramol go‘shti – 46,3 mln AQSh dollariga;
  • kartoshka – 38,6 mln AQSh dollariga;
  • o‘simlik yog‘i – 31 mln AQSh dollariga;
  • kakao va shokolad – 30,7 mln AQSh dollariga;
  • bug‘doy uni – 28,8 mln AQSh dollariga;
  • banan – 17,4 mln AQSh dollariga;
  • bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 15,6 mln AQSh dollariga;
  • sut mahsulotlari – 14,5 mln AQSh dollariga;
  • parranda go‘shti – 11,7 mln AQSh dollariga;
  • choy – 11,6 mln AQSh dollariga;
  • makkajo‘xori – 9,1 mln AQSh dollariga;
  • mandarin – 8,3 mln AQSh dollariga;
  • qahva – 8,3 mln AQSh dollariga.

Bundan oldin O‘zbekiston kartoshka importini oshirgani xabar qilingandi.

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 10 ta davlatdan qiymati 38,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 223,8 ming tonna kartoshka import qilgan. 

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 70 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakchilik qilmoqda – 172,2 ming tonna.

Top