08:26 / 02.05.2022
7562

Aprelda tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi

Oxirgi bir yildagi rasmiy inflatsiya 10,4 foizga yetgan.

2022 yil aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 10,4 foizga yetgan.

2022 yilning aprel oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 2,1 foizga oshgan.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 1,4 foizga va aholiga pulli xizmatlar 0,5 foizga oshgan.

Top