15:02 / 04.05.2022
7805

Zelenskiy Ukrainani tiklash uchun 600 mlrd dollar kerak bo‘lishini aytdi

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina juda tez tiklanadi, xorij kompaniyalariga mamlakatda faoliyat yuritish uchun eng qulay sharoitlar taqdim etiladi.

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning “maxsus operatsiyasi”dan so‘ng mamlakatni tiklash uchun 600 mlrd dollar ketishini aytdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina juda tez tiklanadi.

“G‘alabadan keyin barchasini juda tez amalga oshiramiz va Ukraina avvalgidan ham chiroyli bo‘ladi”, — dedi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, xorij kompaniyalariga mamlakatda faoliyat yuritish uchun eng qulay sharoitlar taqdim etiladi.

Jahon banki prezidenti Devid Malpass Ukrainadagi binolar va infratuzilmaga yetkazilgan zararni 60 mlrd dollarga baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarar miqdori “maxsus operatsiya” davom etishi barobarida oshib boradi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top