16:00 / 06.05.2022
12000

«Chust Textile» korxonasining yangi fabrikasi ishga tushdi

Namangan viloyatidagi «Chust Textile» korxonasi 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2017 yilga qadar Chust shahri ichidagi taxminan 1 gektar yer maydonida zich joylashgan binolar ichida 750 ga yaqin ish o‘rni tashkil etilgan edi.

2017 yil davlat rahbari tashabbuslari bilan, keyinchalik «Namangan» EIZ hududidan korxonaga 15 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Korxona ta’sischilari tomonidan trikotaj matosi to‘qish, bo‘yash va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasi tuzilib, uni bir necha bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan edi.  

2018-2020 yillar oralig‘ida loyihaning 1- va 2- bosqichlari tamomlanib, unga ko‘ra chet davlatlardan so‘nggi turdagi texnologik uskuna va dastgohlar keltirilgan bo‘lib, trikotaj matosi to‘qish va bo‘yash sexlari foydalanishga topshirilgan. Bu maqsadda jami 10,5 mln dollar investitsiya mablag‘lari sarflanib, 550 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan va jami ish o‘rinlari soni 1300 ga yetgan. E’tiborlisi, korxona binolariga ko‘p materiallar sarflanmay, angar usulida barpo etilgan. Natijada qurilishning o‘zidan 6 million dollar iqtisod qilingan.

2021 yilning 18 fevralida davlat rahbari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida korxona faoliyati bilan tanishib, angar usulidagi qurilishiga yuqori baho bergan. Shu bilan birga tezroq 3-bosqichni xam ishga tushirib, yanada ko‘proq yangi ish o‘rinlari yaratish vazifasini belgilagan.

Kecha, 2022 yilning 5 may kuni, korxona tomonidan 3,5 million dollar evaziga yana angar usulida qurilgan yangi bino foydalanishga topshirildi. Bu korxonaning 3-bosqichda amalga oshirgan kengayishi hisoblanadi. Natijada yana 700 kishi ishli bo‘ladi, jami ish o‘rinlari 2000 taga yetdi.

Ta’kidlash joizki, uchala bosqich uchun sarflangan jami 14,0 mln dollarning 11,0 mln dollari korxona ta’sischilari, ya’ni mahalliy investorning o‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtirilgan.

Korxona joriy yil yakuniga ko‘ra, jami 20,0 mln dollarlik eksport qilish kabi yuksak marrani ko‘zlamoqda. Bu o‘tgan 2021 yilga nisbatan 45 foizga ko‘p.

Korxona asoschilaridan biri Jamshid Ismatullayev so‘zlariga ko‘ra, korxona quvvati katta bo‘lishiga qaramasdan shu kunga qadar Rossiya biznes vakillari tomonidan ushbu quvvatlar sentabr oyiga qadar to‘liq band qilingan bo‘lgan. Yangi fabrika ish boshlashi bilan korxona Italiya, Fransiya, Germaniya, Turkiya bozorlariga ham mahsulot yetkazishni boshlaydi.

Korxona ma’muriyati barchani ishga taklif etadi:

Namangan viloyati Chust shahri,Sadacha” MFY, Gulzor ko‘chasi, 105-uy

Chust shahri, Bog‘i Eram ko‘chasi, 1-proyezd, 14-uy

Aloqa uchun telefon raqamlar:

+998976200200

+998694221283

Elektron manzil – info@ChustTextile.uz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top