12:37 / 07.05.2022
37314

Toshkentda prokuratura tergovchisi 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Kun.uz manbalariga ko‘ra, Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming dollarni pora tariqasida olganda qo‘lga olingan.

Foto: Kun.uz

Mazkur holatni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uz'ga tasdiqladi.

Uning ma’lum qilishicha, 29 aprel kuni DXX Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming dollarni pora tariqasida olganda ko‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov o‘tkazilmoqda.

Top