08:30 / 08.05.2022
50111

Shahram G‘iyosov yangi vazndagi ilk jangidayoq kamar qo‘lga kiritdi, Elnur Abduraimovda nokaut

Foto: Getty Images

Professional boksning yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasiga o‘tgan Shahram G‘iyosov Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida ringga ko‘tarildi. 

O‘zbekistonlik bokschi yangi vazn toifasidagi ilk jangida meksikalik Kristian Gomesga (22-2-2, 20 KO) qarshi IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari uchun bellashdi. 

10 raundlik bahs to‘liq davom etdi va unda raqibini 3 bor nokdaun holatiga tushirgan G‘iyosov ochkolar bo‘yicha (99-88, 99-88, 98-89) g‘alaba qozonib, kamarni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Shahram bungacha -64,86 kg vaznda ringga ko‘tarilib, 12ta g‘alaba (9tasi nokaut) qayd etgandi.

Shuningdek, ushbu kechada o‘zbekistonlik yana bir bokschi Elnur Abduraimov (9-0, 8 KO) ham o‘z jangini o‘tkazdi. 

Foto: Getty Images

-58,97 kg vaznda harakat qiladigan Elnur kubalik Manuel Korreani (11-1, 7 KO) ketma-ket nokdaunlardan so‘ng 2-raunddayoq nokautga uchratdi va raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etib, professional boksdagi g‘alabali seriyasini 9taga yetkazdi.

Top