09:03 / 10.05.2022
17024

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: t.me/e_turdimov

Bahodir Qodirov Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Bahodir Qodirov 1976 yilda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi, Toshkent shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchisi, Qashqadaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Bahodir Qodirov ushbu tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Top