16:07 / 10.05.2022
13760

Germaniya va Qatar suyultirilgan gaz yetkazib berish shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti

Qatar Germaniyaning sotib olingan suyultirilgan gazni Yevroittifoqdagi boshqa mamlakatlarga tarqatishiga rozi emas. 

Foto: Reuters

Germaniya va Qatar ayrim shartlar bo‘yicha qarama-qarshiliklar mavjudligi sababli suyultirilgan gaz yetkazib berish borasidagi muzokaralarda qiyinchilikka duch keldi.

Xabar qilinishicha, Germaniya Qatarning kamida 20 yil muddatga shartnoma tuzish to‘g‘risidagi talabiga rozi bo‘lishni istamayapti. 

Shu bilan birga, Qatar ham Germaniyaning sotib olingan suyultirilgan gazni Yevroittifoqdagi boshqa mamlakatlarga tarqatishiga rozi emas. 

Germaniya yiliga 100 mlrd kub metrga yaqin tabiiy gaz iste’mol qiladi. Buning 55 foizga yaqini Rossiyadan, qolgan qismi Niderlandiya, Norvegiya va boshqa mamlakatlardan olinadi.

Top