08:06 / 10.05.2022
20409

O‘zbekiston TIV Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi

“O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildiradi”, - deyiladi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bugun tarqatgan bayonotda, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Kun.uz

“Biz tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz”, - deb ta’kidlangan hujjatda

Qayd etilishicha, Falastin - Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, BMT Xavfsizlik kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur. 

“Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.

Bundan oldin Sharqiy Quddusdagi Al Aqso masjidi yaqinida falastinliklar va Isroil kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgandi.

Isroil politsiyasining ta’kidlashicha, falastinliklar ularga toshlar uloqtirgan, politsiyachilar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar bilan javob qaytargan.

Mavzuga oid
Top