09:35 / 10.05.2022
17303

Samarqandda qotillik sodir bo‘ldi, ikki kishi gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda 2 nafar fuqaro gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: RBK

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani “Elmurod Qurbonov” fermerlar uyushmasi Qo‘ymaduz qishlog‘ida mudhish qotillik ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 8 may kuni Kattaqo‘rg‘on tumani, Nayman mahallasi, Qo‘ymaduz qishlog‘ida qotillik jinoyati sodir etilgan. Fuqaro F.Q. noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgan.

Sud tibbiy ekspertining 2022 yil 8 may kunidagi ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhum F.Q.ning tanasida ko‘plab qasddan yetkazilgan jarohatlar izi saqlanib qolgan. Marhum o‘limi ichki va tashqi qon ketishdan kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2 nafar fuqaro gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top