15:30 / 11.05.2022
6037

ERIELL: SEG loyihasi bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalarni muddatidan oldin yakunlash

ERIELL Group QKT boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 1-choragi uchun buyurtmachi Sanoat Energetika Guruhi obektlarida quduqlarni joriy va kapital ta’mirlash (QJ va KT) bo‘yicha ishlar rejasi 75 foizga ortig‘i bilan bajarildi.

Foto: ERIELL Group

QJ va KT bo‘yicha 64 ta ishlar rejasida dastlabki 3 oy ichida 112 quduqda joriy va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.  

Bundan tashqari 1-chorakda rejadagi 22 ta quduq o‘rniga 35 ta quduqda koltyubing uskunalari yordamida ishlar amalga oshirildi, ya’ni reja 59 foiz ortig‘i bilan bajarildi.

QKT boshqarmasi tomonidan bunday ish sur’ati, shu jumladan, katta miqdorda ko‘tarma uskunalarni jalb qilish hisobiga erishildi, ya’ni reja bo‘yicha 28 KU mo‘ljallangan bo‘lsa, amalda ishlarga 39 ko‘tarma uskuna jalb etildi. Shuningdek, obektlarda SEG hisobot davrida 3 ta koltyubing uskunasi ishladi. 

Quduqlarni joriy va kapital ta’mirlash bo‘yicha o‘z vaqtida o‘tkazilgan tahlil, QKT boshqarmasi mutaxassislarining tajribasi, zaruriyat tug‘ilganda qo‘shimcha asbob-uskunalarning, jumladan, ko‘tarma uskunalar jalb qilinishi — ERIELL Group o‘zining shartnomaviy majburiyatlarini jadallashtirish uchun mana shu barcha imkoniyatlarni ishga soldi.

Ko‘p sonli quduqlarni joriy va kapital ta’mir bilan qamrab olishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bu O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish, mamlakat aholisi turmushi uchun yanada maqbul shart-sharoitlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan tabiiy gaz va neft qazib olish ishlari qamrovini kengaytirishdir.

Qo‘shimcha sifatida aytish kerakki, ERIELL Group Sanoat Energetika Guruhi (SEG) MChJ XK obektlarida “Asosiy fondlarni kapital ta’mirlash” dasturi doirasida 2020-2023 yillarda Bosh pudratchi sifatida faoliyat olib boradi. Loyiha Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari, Farg‘ona vodiysi konlarini o‘z ichiga olgan.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top