09:52 / 11.05.2022
3972

Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Xalq diplomatiyasi forumi boshlandi

11 may kuni Toshkentda «Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo‘lida o‘zaro hamjihatlik» shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston tashabbusi ostida o‘tkazilayotgan forumda ShHTga a’zo davlatlar parlamentlari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Forumda, shuningdek, O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, ShHTning yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yuyeyuye va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov so‘zga chiqadi.

Foto: Kun.uz

Forum yakunlari bo‘yicha ShHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommyunikesini qabul qilish rejalashtirilgan. Xalqaro tadbir 12 may kuni yakunlanadi. 

Top