19:02 / 12.05.2022
2057

Urganchda avtobus va yengil avtomobil to‘qnashuvida 2 kishi halok bo‘ldi

12 may kuni Urganch shahrida mudhish oqibatli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Foto: Videodan kadr

Soat 14:30 larda Al-Xorazmiy, Sheroziy va G‘afur G‘ulom ko‘chalari tutashgan chorrahada «Isuzu» rusumli avtobus va «Lada» yengil avtomobili to‘qnashgan. 

Oqibatda avtobus yon tomonga ag‘darilib ketgan, uning 2 yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etgan. Bir qancha yo‘lovchilar jarohat olgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xolat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top