08:00 / 12.05.2022
3793

Uzbekistan Airways ekspress aviatashuvlar oddiy parvozlardan nimasi bilan farqlanishini ma’lum qildi

O‘zbekiston aviatsiya tarmog‘ini rivojlantirish doirasida 2021 yilning avgustidan boshlab Uzbekistan Airways  aviakompaniyasi gibrid asosidagi parvozlarni amalga oshirishga kirishdi. 

Foto: Kun.uz

Aviakompaniyaning havo kemalari parkida 174 yo‘lovchi o‘rindiqlariga mo‘ljallangan to‘liq iqtisodiy (ekonom) klass tartibida qayta konvertatsiyalangan Airbus A320 havo kemalari foydalanishga topshirildi. Bu tariflarni klassik havo tashish yo‘nalishlariga nisbatan o‘rtacha 20 foiz kamaytirish imkonini taqdim etgan.

Klassik loukost-tashuvchilaridan farqli o‘laroq – ularning aksariyati ovqat bilan ta’minlamaydi va bepul bagaj tashish imkoniyati mavjud emas.

Uzbekistan Airways Express (UAE) «to‘liq-ekonom» aviatashuvlarining klassik Uzbekistan Airways (UA) qatnovlaridan asosiy farqlari:

yo‘lovchilar soni – 174 (UAE), oddiy parvozlarda yo‘lovchilar ko‘proq;

biznes-klassning mavjud emasligi (UAE), oddiy parvozlarda esa biznes-klass mavjud;

1 bagaj joy miqdori – 23 kg va 5 kg qo‘l yuki (UAE), Uzbekistan Airways muntazam qatnovlarida – 32 kg va 8 kg qo‘l yuki;

aviaqatnovlar faqatgina A320 havo kemasida amalga oshiriladi (UAE) va oddiy qatnovlarda aviakompaniya parkidagi barcha havo kemalarini ko‘rish mumkin;

Uzbekistan Airways Express ikki soatdan uzoqroq bo‘lgan qatnovlarida oziq-ovqat ta’minotini saqlab qolgan: sendvich va suv beriladi. Shu bilan birga, klassik aviaqatnovlarda, 2 soatdan ortiq parvozlarda to‘liq issiq ovqat bilan ta’minlanadi.  

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Express O‘zbekiston hududlaridan Rossiya va Qozog‘iston shaharlari: Moskva, Ufa, Perm, Qozon, Samara, Yekaterinburg, Mineralniye Vodi, Omsk, Sochi, Krasnoyarsk, Irkutsk va Olmaota shaharlariga to‘rtta havo kemasida parvozlarni amalga oshiradi.  

Bundan oldin Uzbekistan Airways Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovni yo‘lga qo‘ygandi.

Top