10:41 / 12.05.2022
2792

Xorazm viloyati Sportni rivojlantirish boshqarmasida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Xorazm viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Aniqlanishicha, boshqarmaning moddiy javobgar shaxslari tomonidan 7 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan 29 turdagi sport anjomlari «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablariga zid ravishda haqiqiy bahosidan 475 mln so‘mga qimmat narxlarda sotib olingan. Bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top