11:36 / 26.05.2022
31132

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish sanasi e’lon qilindi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/23 o‘quv yili uchun hujjatlar 1–20 iyun kunlari onlayn qabul qilinadi.

Foto: Kun.uz

Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabariga ko‘ra, arizalar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

2022/23 o‘quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo‘lib o‘tadi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo‘nalishiga 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo‘ladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo‘lsa, bu haqda tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim.

Mavzuga oid
Top