07:10 / 25.06.2022
11989

Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlov amalga oshirildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Shahobiddin Musayev Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri o‘rinbosari — Turizm, madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi.

Ushbu tayinlovga qadar, Sh.Musayev Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid
Top