11:16 / 27.06.2022
7811

O‘zbekistonda franshizing shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi 

Hukumat qarori bilan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Foto: Shutterstock

“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, reglamentga ko‘ra franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yig‘im undiriladi. Quyidagi hollarda yig‘im to‘lanmaydi:

  • sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda;
  • ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqilganda.

Ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yig‘im to‘lamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.

Top