Toshkent metropolitenining «Tinchlik» bekatidagi issiq suv quvurlaridan suv sizib chiqishi sodir bo‘ldi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, suv sizib chiqishi sababli bekatdagi 2-vestibyulning bir qismi vaqtincha yopib qo‘yilgan.
Hozirda «Toshkent metropoliteni» DUK hamda «Toshissiqquvvati» mas’ul xodimlari tomonidan kerakli ishlar amalga oshirilayotgani aytiladi.
«Muammo bartaraf etilmoqda», deyiladi metropoliten ma’muriyati ma’lumotida.
Bundan oldin Toshkent metrosi yerusti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi kamaytirilgani xabar qilingandi.