07:59 / 01.07.2022
11510

Maktablarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning necha foizi oliy ma’lumotga ega ekani aytildi

Maktablarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning 90,1 foizi oliy ma’lumotga ega. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: O‘zA

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili boshiga respublikadagi umumta’lim muassasalarida jami 510 046 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Qayd etilishicha, jami o‘qituvchilarning 53,1 foizi qishloq maktablarida va 46,9 foizi shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami o‘qituvchilardan:

  • o‘rta maxsus ma’lumotlilar – 9,9 foizni;
  • oliy ma’lumotlilar – 90,1 foizni tashkil qiladi.

Respublikada umumta’lim muassasalarida bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan oldin O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari ko‘proq qaysi xorijiy tilni o‘rganayotgani ochiqlangandi.

Top