13:43 / 01.07.2022
29287

OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlandi

O‘zbekistonda magistraturaga qabul jarayoni boshlandi.

Foto: Getty Images

2022 yil 1 iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat OTM magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-saytida 30 iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

2022/2023-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyent bakalavriat diplom balli o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat balli asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Bundan oldin O‘zbekistonda kasb-hunar maktablariga qabul boshlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top