22:44 / 02.07.2022
12890

Lukashenko Minskka qarshi qaror chiqaruvchi markazlarni nishonga olishga buyruq berganini aytdi

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, agar Minskning dushmanlari "o‘zlari rejalashtirgandek Gomel, Mozir neft zavodi, Luninetsdagi aerodrom yoki Brestga zarba berishga urinadigan bo‘lsa, bir soniya ichida javob qaytariladi". 

Foto: EPA

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko harbiylarga Minskka qarshi qaror qabul qiluvchi markazlarni nishon ostiga olishga buyruq berganini aytdi.

"Qirg‘iylar"ni ogohlantirmoqchiman va ochiqchasiga aytaman: bir oycha oldin qurolli kuchlar bo‘linmalariga poytaxtlaringizdagi qaror qabul qiluvchi markazlarni nishon ostiga olishga buyruq berganman", - dedi Lukashenko mamlakat mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Minskning dushmanlari "o‘zlari rejalashtirgandek Gomel, Mozir neft zavodi, Luninetsdagi aerodrom yoki Brestga zarba berishga urinadigan bo‘lsa, bir soniya ichida javob qaytariladi". 

"Bizda javob qaytaradigan narsalar bor. Men bunga allaqachon tayyorgarlik ko‘rganman. Sizlar to‘laligicha "Polonez" raketalari nishonidasiz. Men kim ofisda, kim saroyda ekaniga qarab o‘tirmayman. Keskin va qat’iy javob qaytaramiz", - deb ta’kidladi Lukashenko. 

Mavzuga oid
Top