13:03 / 04.07.2022
14137

«Arsenal» Jyezus transferini e’lon qildi

«Manchester Siti»ning braziliyalik forvardi faoliyatini «Arsenal»da davom ettiradigan bo‘ldi. 

Foto: Getty Images

25 yoshli Gabriel Jyezus «kanonirlar» bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolagan. Avvalroq, insayder Fabritsio Romano londonliklar hujumchi uchun Manchester klubiga 45 million yevro transfer puli to‘lashi haqida xabar bergandi. 

Jyezus 2016 yildan buyon «shaharliklar» sharafini himoya qilib, 6 mavsum davomida «Siti» safida harakat qildi. O‘tgan mavsum APLda 28 o‘yin o‘tkazib, 8ta gol va 8ta assistga mualliflik qilgan. 

U Manchester klubi safida 4 karra APL chempioni, 4 marta Angliya liga kubogi g‘olibi, Angliya kubogi sohibi hamda 2 marta Superkubokda zafar quchgan.

Top