Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy antiterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
«Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy antiterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi joriy yilning 1 iyulida sodir bo‘lgan konstitutsiyaga zid harakatlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni qoralaydi hamda barqarorlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni saqlash tarafdori ekanini ma’lum qiladi.
ShHT MAT ijroiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘istonda huquq-tartibotni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, millatlararo totuvlik va ko‘pmillatli O‘zbekistonning barcha xalqlari tinch-totuv yashashi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildiradi» – deyiladi bayonotda.