20:43 / 04.07.2022
12584

Xitoy rasmiysi O‘zbekistonda osoyishtalik va birlik saqlanib qolishiga ishonch bildirdi

Foto: Xitoy Tashqi ishlar vazirligi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Jao Lijian 4 iyul kungi brifingda berilgan savolga javoban rasmiy Pekinning Qoraqalpog‘iston voqealariga munosabatini ma’lum qildi.

“Xitoy O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan voqealardan xabardor. O‘zbekistonning do‘st qo‘shnisi va keng miqyosli strategik hamkori sifatida, Xitoy O‘zbekiston hukumatining milliy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha choralarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ishonamizki, prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston osoyishtalik va birlikni saqlab qoladi”, dedi XXR TIV rasmiy vakili.

Avvalroq Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Yevropa Kengashi rahbarlari, shuningdek, Rossiya prezidentining matbuot kotibi rasmiy Toshkentning Qoraqalpog‘istondagi vaziyat yuzasidan ko‘rayotgan choralarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Top