12:01 / 06.07.2022
11925

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi vafot etdi

Damas haydovchisi uxlab qolib ro‘paradan kelayotgan VAZ-2106 mashinasi yo‘liga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan.

Videodan kadr

Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 iyul kuni soat 7:30 larda 4R-34 Jizzax-Xovos avtomobil yo‘lining Yangiobod tumanidan o‘tuvchi 91-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Zarbdor tumanida yashovchi haydovchi Damas mashinasi bilan ketayotib boshqaruv paytida uxlab qolgan. Shundan so‘ng Damas qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Yangiobod tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2106 mashinasining yo‘liga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida, Damas salonida bo‘lgan Zarbdor tumanida yashovchi yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Damas haydovchisi ham turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani Isuzu yuk mashinasi urib yuborgan, oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgandi.

Top