19:45 / 07.07.2022
6257

Tanzila Norboyeva Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga kelishib olindi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Li Chjanshu bilan onlayn-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda mamlakatlar parlamentlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berishdi.

Shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining ShHTga raisligi doirasida parlamentlararo hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Oliy Majlis Senati va Butunxitoy xalq vakillari kengashi o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga kelishib olindi.

Top